Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Qayta bog'lanish
  eye                                

Murojaatlarni qabul qilish tartibi

 
 
 

Markaz tomonidan shikoyat, ariza va boshqa murojaatlarni qabul qilish umumiy asoslarda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi O'RQ-378-sonli Qonuni va “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash tog’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish Markaz devonxonasi tomonidan ish kunlari 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. (Elektron shakldagi murojaatlarni qabul qilish “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni asosida amalga oshiriladi).

MUROJAATLARNI KO`RIB CHIQISH TARTIBI

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq murojatlar kelib tushgach 1 kunlik muddatdan kechiktirmay Markazning murojaatda keltirilgan masalani hal etishga bevosita aloqador bo`lgan tegishli boshqarmalarga ko`rib chiqishga yuboriladi.

Ariza yoki shikoyat Markazga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi. Ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha qo'shimcha materiallar so'rab olish yohud boshqa chora-tadbirlar zarur bo'lgan hollarda, ularni ko'rib chiqish muddatlari Markaz rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan 1 oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Takliflar Markazga kelib tushgan kundan e'tiboran 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga 10 kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.  

Markazning vakolat doirasiga kirmaydigan murojaatlar 5 kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yohud elektron shaklda xabar qilinadi. 

 

Аxborot olish uchun so‘rovlarni ko‘rib chiqish tartibi

 

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may, O‘RQ-369-sonli «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan:  

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.

Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. 
Ommaviy axborot vositasining Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan etti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

  • Elektron axborot - so'rov  yuborish uchun Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. manzilga so‘rov yuborish lozim.
  • Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi faoliyatiga doir axborot olish uchun yuborilgan so‘rovlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi (Yo’riqnoma) (PDF).

 

QUYIDAGI MUROJAATLAR KO'RIB CHIQILMAYDI:

  • Anonim murojaatlar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda;
  • qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo'lmagan murojaatlar.

Agar Siz o`z so`rovingizga qoniqarli javob olmagan bo`lsangiz, murojaatingizni Markazga Toshkent sh. 100047, Buxoro ko`chasi 10 manziliga yoki "Ishonch telefoni"ga yuborishingiz mumkin.

  Quyida keltirilgan formani to'ldirib, "Yuborish"ni bosing"

 

Ma'lumotni jo'natish uchun quyida keltirigan shaklning kerakli bo'limlarini to'ldiring va "Jo'natish" tugmasini bosing

QAYTA BOG'LANISH SHAKLI

FAMILYA ISM SHARIF 
SIZNING Е-MAIL 
MA'LUMOT MAVZUSI 
MA'LUMOT MATNI 
Iltimos, kodni kiriting: 
 Spamdan himoya
  Ma'lumot nusxasini menga jo'nating
    

BOG`LANISH

location arrow 100170 Toshkent sh., Мустакиллик шоҳ куч. 107 

 

map     Yo`l xaritasi

 

phone    (+998 71) 268-09-01

 

mail    Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

fax   (+998 71) 267-29-54

 

Телефон доверия     (+998 71) 268-03-01
      (Ishonch telefoni)

  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech