Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Huquqiy maqom
  eye                                

quyidagilar asosida tashkil etilgan:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.1996 yildagi PQ-1414 - son Farmoni; 
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.1996 yildagi 126-son "O'zbekiston Republikasi Davlat raqobat qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida"gi Qarori.

 

To‘liq nomi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

Qisqa nomi: Qimmatli qog’ozlar markazi

Yuqori turuvchi tashkilot:O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Yugori turuvchi organning rasmiy veb-sayti: www.gkk.uz

 

Markaz qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi hisoblanadi.

Markazning asosiy vazifa va funksiyalari:

  • respublikada qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Markaz tomonidan ro'yhatdan o'tkazilgan qimmatli qog’ozlar chiqarilishi, qimmatli qog’ozlar bozori tuzilmasi va rivojlanishi yuzasidan qatnashchilar bo'yicha ma'lumotlar bankining yagona reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotni tashkil etish;
  • qimmatli qog’ozlar muomalada bo'lishini, qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilarining kasb faoliyatini tartibga solish;
  • qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash;
  • qimmatli qog’ozlar bozori hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g’risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo'yicha ijro etish majburiy bo'lgan xulosalar va ko'rsatmalar berish, muvofiq sanksiyalar qo'llash;
  • qimmatli qog’ozlarning milliy va xalqaro bozorlarida qimmatli qog’ozlari chiqarilishi va samarali muomalada bo'lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni ta'minlovchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  • qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar — investorlarning, shuningdek qimmatli qog’ozlar egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;
  • qimmatli qog’ozlar bozorining ahvoli va uning qatnashchilari to'g’risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
  • qimmatli qog’ozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
  • O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, professional va noprofessional qatnashchilarning, ularning birlashmalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Markazning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.

  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech