Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Диққат! Қимматли қоғозлар бозорининг мутахассиси малака гувоҳномасини олишга талабгорлар навбатдаги аттестациядан 01.11.2018 йилда Тошкент ш., Мустақиллик шох кўчаси, 107-уй манзилида ўтказилади. Тел.: (0371) 267-32-53.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston kapital bozori tarixida ilk bor aksiyalar aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga birlamchi oshkora taklif etish usuli (IPO- Initial Public Offering) bilan sotilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi  268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishi tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikamizda yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan «Kvarts» Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari sotuvga qo‘yilgan.

“Kvarts” AJ aksiyalarini “IPO” usuli bilan sotishdan asosiy maqsad jamiyatni rivojlantirish uchun investitsiya jalb qilish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratishdir. O‘z navbatida, jamiyat aksiyalarini sotish yo‘li bilan mulkdorlar sinfi yanada kengaytiriladi, aksiya egalariga jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi beriladi hamda dividend va aksiyalarni bozor bahosi o‘sishi ko‘rinishida qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.

Hukumat qarori ijrosini sifatli bajarilishini ta’minlash, aksiyalarni birlamchi taklif qilish jarayoniga jismoniy va yuridik shaxslarni keng jalb qilish maqsadida “Kvarts” AJ tomonidan bir qator tashkiliy ishlar olib borilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 16 yanvar kuni “Kvarts” AJda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida yashovchi va faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar uchun Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalarining rahbarlari, fond bozorida investitsiya vositachiligi va maslahatchiligi faoliyatlarini olib boruvchi tashkilotlar ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab so‘zga chiqqan Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining Farg‘ona va Andijon viloyatlari boshqarmalarning boshliqlari M.Kenjaev va A.Nosirov Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mazmun va mohiyati yuzasidan tushuntirish berdilar.

Shundan so‘ng, “Kvarts”AJning moliya va sotish bo‘yicha direktori F.Tillaboev va mas’ul mutaxassislari jamiyatning moliyaviy ko‘rsatkichlari va rivojlantirish istiqbollari, shuningdek aksiyalarni sotish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan taqdimotni namoyish etib, batafsil tushuntirishlar berdilar.

O‘z navbatida, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining Namangan viloyati boshqarmasining boshlig‘i A.Elchiev joylarda fuqarolar aksiyalarni xarid qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xususan anderrayter va investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Kun tartibidagi masala muhokamasida “Farg‘ona vaqt” MChJ rahbari S.G‘aniev, “Ishonch LTD” MChJ mutaxassisi S.Axmatshaev, “Xamkor depo invest” MChJ direktori  Sh.Mirzaxonov, ATB “Xamkorbank” vakili S.Turdioxunov xamda “Idrok” MChJ rahbari B.G‘iyosovlar ham faol ishtirok etdilar.

Eslatib o‘tamiz, nominal qiymati 1715 so‘m bo‘lgan “Kvarts” AJning bir dona oddiy aksiyasining sotuv narxi 3000 so‘mdan 9100 so‘mgacha belgilangan bo‘lib, mazkur narxlar oralig‘ida xarid buyurtmalari qabul qilinmoqda.

Aksiyalarni xarid qilish buyurtmalari 2018 yilning 3 apreligacha qabul qilinadi.

2018 yil 19 yanvar holatiga "Toshkent" Respublika fond birjasining veb-saytidagi ma'lumotga ko'ra  "Kvarts" AJning 139 021 dona aksiyalarini xarid qilishga 336ta buyurtma qabul qilinib, anderrayter - TIF Milliy bankiga 1,22 mlrd. so'm miqdorida pul mablag'lari qo'yilgan.  

YANGILIKLAR TAQVIMI

Noyabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech