Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Хурматли, акция эгалари! Йиллик акциядорлари умумий йиғилишларининг мавсуми якунланганлиги боис, ҳисобланган дивидендларни олиш учун акцияларингизни номинал сақловчиларига банк маълумотларингизни беришингиз сўралади - Корпоратив ахборот ягона портали ишлаши юзасидан маълумотни (99871) 267-29-65 телефон рақами орқали олишингиз мумкин - Диққат! Энди Қимматли қоғозлар марказида аттестациядан ўтиш учун йиғим тўловини PAYME тизими орқали амалга ошириш мумкин

IPO

IPO
Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, O'zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori“ to`g`risidagi Qonunining 57-moddasiga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqariluvlarining yagona davlat reestrini yuritadi.

2017 yil 31 dekabr holatiga ko’ra emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqariluvi yagona davlat reestriga jami (amaldagi va bekor qilingan) umumiy hajmi 85,8 trln so’m bo`lgan 15 924 dona aksiyalar chiqariluvining yozuvlari kiritildi.

Joylashtirilayotgan va muomaladagi aksiyalarning umumiy hajmi nominal qiymati bo`yicha 48,63 trln. so`mni tashkil etib, bu esa o’tgan yilning boshiga nisbatan 18,17 trln so’mga (1,5 barobar) ko’proq deganidir.

Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariyasining 01.01.2018 yil holati malumotlariga ko`ra, Respublikada aksiyadorlik jamiyati shaklida 606 tijorat tashkiloti faoliyat olib bormoqda, bu esa o’tgan yilga nisbatan 53 taga kamdir.

2017 yil davomida markaz va uning hududiy organlari tomonidan «O'zpaxtaeksport» AJ (191,9 mlrd.so’m), «Хўжаи Жахон савдо комплекси» AJ (37,98 . mlrd.so’m,) «Madad Invest Bank» AJ (15,3 mlrd.so’m), «Main Rubber Products» AJ (8,2 mlrd.so’m), «Perfect Plast Profil» AJ (6,2 mlrd.so’m), «Kichik Tadbirkorlikni Rivojlantirish Kafolat Jamg'armasi» AJ(100 mlrd.so’m), «O'zbekgidroenergo» AJ (3,43 mlrd.so’m), «Энергия тежаш миллий компанияси» AJ (1,6 mlrd.so’m), va «Узагроэкспортбанк» AJ (35,4 mlrd.so’m) larining birlamchi aksiyalar chiqariluvlari ro’yxatga olingan.

2017- yilda aksiyalar chiqariluvlari tuzilishi bo`yicha hajmi quyidagi ko’rinishga ega bo`ldi:

-dastlabki chiqarish– 303,07 mlrd. so’m;

-qo’shimcha chiqarish – 19004,29 mlrd. so’m ulardan:

Ochiq obuna – 129,76 mlrd. so’m;

Yopiq obuna - 19004,29 mlrd so’m.

Yangi chiqarish – 15458,1 mlrd so’m bo`lib, ulardan:

-maydalashni amalga oshirish bilan bog`liq – 974,1 mlrd. so'm;

-nominalni kamaytirish bilan bog`liq – 7,98 mlrd. so'm;

-aksiyalarning ayirboshlanishi bilan bog`liq – 14475,99 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 268-sonli “Fond bozorida aksiyalarning ommaviy taklifini o`tkazilishini tashkil etish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, 2017 yilning 2 oktabrida “Kvarts” AJning umumiy hajmi 7,84 mlrd. so’m bo’lgan 4,57 mln. dona aksiyasi birinchi ommaviy taklif (IPO) uchun markaz tomonidan ro’yxatga olingan.

2017 yil 30 mayda «O`zavtosanoat» АКning «Аsaka bank» АTБga joylashtirilgan 50 mlrd so’mlik korporativ obligatsiyalarning qo’shimcha chiqariluvlari ro’yxatga olindi. Shu bilan birga, yil boshi holatiga 260,06 mlrd so’mlik 24 ta chiqarilgan obligatsiyalar amal qilmoqda.

Infratuzilma obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar chiqariluvlari (aksiya va korporativ obligatsiyalardan tashqari) amalga oshirilmagan.

YANGILIKLAR TAQVIMI

Oktabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech