Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Диққат! Қимматли қоғозлар бозорининг мутахассиси малака гувоҳномасини олишга талабгорлар навбатдаги аттестациядан 01.11.2018 йилда Тошкент ш., Мустақиллик шох кўчаси, 107-уй манзилида ўтказилади. Тел.: (0371) 267-32-53.

Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2017- yil
28- avgustdagi №2017-07 sonli buyrug'iga asosan, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi shahslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiya) o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Hususan, ushbu nizomning 1.3, 2.1, 2.7, 3.2, 3.3, 3.5, 3.9, 3.10, 3.12, 3.13, 3.15, 3.18, 4.1, 4.3, 5.2, 5.3, 5.5-5.8, bandlariga o'zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, nizomning 2.1-bandiga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq attestatsiya komissiyasi vakolatli organning mansabdor shaxslari va xodimlarini, hamda boshqa davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini, shu jumladan qimmatli qog'ozlar bozorining ixtiyoriy professional ishtirokchilarini o'z ichiga olishi mumkin.

Nizomning 3.2, 4.1 va 4.3- bandlaridan yagona to'lovlarni to'lash bo'yicha to'lov hujjatlari nusxalarini bankning muhri va ushbu bankning vakolatli vakili tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak bo'lgan ishonchlilik talabi olib tashlandi. Shu bilan birga, 1-toifali malaka attestatini olish uchun ariza beruvchilar mehnat daftarchasi nusxasini yoki tegishli ish tajribasini tasdiqlash uchun notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatni taqdim etishi mumkin.

Shu bilan bir vaqtda, iqtisodiy va huquqiy fanlar sohalarida ilmiy darajaga ega shahslarga, endilikda tegishli ish staji, qayta tayyorlov va malaka oshirish talablarisiz ham attestatsiyadan o'tishlariga ruhsat beriladi. Ushbu nizomning avvalgi nashrida O'zbekistonda olingan iqtisod yoki huquqshunoslik fanidan doktorlik yoki nomzod darajasigaega shahslarni qayta tayyorlash va malaka oshirish shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tugatganligi to'g'risida talim muassasasining guvohnomasi nusxasini taqdim etish zaruriyatisiz attestatsiyadan o'tishni ko'zda tutardi.

Nizomning 3.3-bandida attestatsiyadan o'tish uchun ariza topshirgan shahsga, attestatsiyadan o'tishga ruxsatning rad etilganligi haqida murojat etilishi 15 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartirilganligi shahsning hujjatlarni noto'g'ri rasmiylashtirgan, hujjatlarni topshirish muddatini buzishi, hujjatlar to'liq bo'lmagan va boshqa holatlarda taqdim etilganholatlarda qo'zda tutilgan.

Nizomning 3.5 va 3.13-bandlaridagi o'zgarishlarga muvofiq, attestatsiya o'tkazilish sanasi, vaqti va joyi, shuningdek attestatsiya natijalari Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining saytida elon qilinadi.

Shuninigdek yangilangan taxrirdagi nizomning 3.9 va 3.10-bandlariga muvofiq, 4 ta imtihon savoliga (3 ta yozma savol va komissiya azolarining savollariga javob o'rniga) arizachilarga 90 daqiqa (3soat o'rniga) vaqt beriladi. Bunday holatda testdan o'tish uchun zarur bo'lgan to'g'ri javoblar soni 45ta (48ta o'rniga) kam bo'lmasligi zarur, yozma- og'zaki imtihon uchun esa kamida 15ball (48ball o'rniga) bo'lishi kerak.

Nizomning 3.15-bandidagi o'zgarishlardan kelib chiqib, agar attestatsiyadan o'ta olmagan shahsning apellyatsiyaga bergan shikoyatlari va dalillarining o'rinliligi isbotlansa, endilikda Attestatsiya komissiyasi ushbu shahsni attestatsiyadan o'tganliligi tan olinishi to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega, Nizomning avvalgi tahririga ko'ra esa faqatgina qayta attestatsiyadan o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega edi.

Bundan tashqari, malaka attestatini fond bozori professional ishtirokchisining yozma murojati bilan to'xtatib qo'yish imkoniyati bekor qilindi. Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jimoniy shahslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o'tkazish bo'yicha Nizomga yuqorida ko'rsatilgan va boshqa o'zgartirishlarni kiritish tartibi to'g'risidagi Markaz burug'i O'zbekiston Ruspublikasi Adliya vazirligida 21.09.2017y. №660-7 soni bilan ro'yxatga olingan.

YANGILIKLAR TAQVIMI

Noyabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech