Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Диққат! Қимматли қоғозлар бозорининг мутахассиси малака гувоҳномасини олишга талабгорлар навбатдаги аттестациядан 01.11.2018 йилда Тошкент ш., Мустақиллик шох кўчаси, 107-уй манзилида ўтказилади. Тел.: (0371) 267-32-53.

brokerQimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2017 yil 27 iyuldagi 2017-05-sonli buyrug’i bilan Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 13 martda 1108-raqami bilan ro’yhatga olingan Investisiya vositachilari to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Yuqorida qayt etilgan Markazning buyrug’i  2017 yil 22 avgust kuni Adliya vazirligida ro’yhatdan o’tdi.

O’zgartirish va qo’shimchalar nizom normalarini yangi tahrirdagi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi  hamda “Birja va birja faoliyati to’g’risida”gi  qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga moslashtirish qaratilgan. Nizomga o’zgartirishlar fond bozorida tadbirkorlik va investisiya faoliyatini yuritish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida kiritilgan.

Xususan, ushbu nizomning yangi tahrirdagi 2-bandiga ko’ra qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni yuritayotgan investisiya vositachisi qimmatli qo’gozlar savdosi tashkilotchilarining qoidalariga asosan o’z mijozlariga qimmatli qog’ozlarni shahsan sotib olish va sotish uchun imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunda amalga oshirilgan bitimlar natijalari hamda investisiya risklari bo’yicha mas’uliyat mijozning o’ziga yuklanadi.

Nizomning 3-bandiga kiritilgan qo’shimchalarga asosan qimmatli qog’ozlar bozorida investisiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish chog’ida insayderlik ma’lumotlaridan foydalanish ta’qiqlanadi.

Nizomning 6-bandiga kiritilgan o’zgartirishlar ham katta ahamiyatga ega, chunki endilikda investisiya vositachilari electron shakl va boshqa aloqa vositalari orqali o’z mijozlariga depo hisoblarni ochish, qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotish yuzasidan ularning topshiriqlarini qabul qilish, boshqa hizmatlarni ko’rsatishga haqli.

Bundan tashqari, nizomning 6 va 8-bandlariga kiritilgan o’zgartirishlarga asosan investisiya vositachisi va mijoz o’rtasida munosabatlar uzaytirih imkoniyatiga ega bo’lgan bir yilga tuziladigan yagona shartnoma bilan tartibga solinadi.

Matbuot xizmati

YANGILIKLAR TAQVIMI

Noyabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech