Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Хурматли, акция эгалари! Йиллик акциядорлари умумий йиғилишларининг мавсуми якунланганлиги боис, ҳисобланган дивидендларни олиш учун акцияларингизни номинал сақловчиларига банк маълумотларингизни беришингиз сўралади - Корпоратив ахборот ягона портали ишлаши юзасидан маълумотни (99871) 267-29-65 телефон рақами орқали олишингиз мумкин - Диққат! Энди Қимматли қоғозлар марказида аттестациядан ўтиш учун йиғим тўловини PAYME тизими орқали амалга ошириш мумкин


shareholderOz’bekiston Respublikasi
“Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2017 yil 19 iyuldagi 2017-04-sonli buyrug’i bilan Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 25 fevralda 1911-raqami bilan ro’yhatga olingan Aksiyalar egalari reestri va korporativ obligasiyalar egalari reestri to’g’risidagi nizomgao’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Xususan, endilikda nizom talablari infratuzilma obligasiyalari egalari reestrini shakllantirilishiga tatbiq etilishi munosabati bilan nizon nomi qayta ko’rib chiqilgan.

Nizomning yangi tahrirdagi 31 va 36-bandlari ko’ra Markaziy depozitariy reestrni shakllantirish to’g’risida topshiriq kelib tushgandan keyin investisiya vositachilari bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartib, shakl va muddatlarda ularga electron talabnomani yuboradi. Bunda investisiya vositachilari qimmatli qog’ozlar egalari ro’yhatini Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan tizim va shaklda taqdim etishadi.

Nizomning 39-bandiga kiritilgan o’zgartirishlarga asosan naqd shakldan naqdsiz shaklga konvertasiya qilingan va xozirda egalani noma’lum bo’lgan aksiya va korporativ obligasiyalar reestrda jamlangan holda Markaziy depozitariyning maxsus hisobida ko’rsatiladi hamda joylashgan deb hisoblanadi. Eslatib otish joizki, “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi qonunining (22.07.2008 yildagi O’RQ-163-son tahririda) 64-moddasiga  asosan blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada bo'lgan aksiyalar va korporativ obligasiyalar depozitariyga topshirilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatsiz shaklga o'tkazilishi kerak.

Shuningdek, mazkur nizom bilan tasdiqlangan aksiyalar va obligasiyalar egalari reestri shakllari yangilangan bo’lib, endilikda ularda reestr kimga v anima asosida berilganligi ham ko’rsatiladi.

Aksiyalar egalari reestri va korporativ obligasiyalar egalari reestri to’g’risidagi nizomiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2017 yil 17 iyuldagi 2017-04-sonli buyrug’i  Adliya vazirligida 2017 yil 22 avgust kuni 1911-4– raqam bilan ro’yhatga olindi.

Matbuot xizmati

YANGILIKLAR TAQVIMI

Oktabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech