Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Хурматли, акция эгалари! Йиллик акциядорлари умумий йиғилишларининг мавсуми якунланганлиги боис, ҳисобланган дивидендларни олиш учун акцияларингизни номинал сақловчиларига банк маълумотларингизни беришингиз сўралади - Корпоратив ахборот ягона портали ишлаши юзасидан маълумотни (99871) 267-29-65 телефон рақами орқали олишингиз мумкин - Диққат! Энди Қимматли қоғозлар марказида аттестациядан ўтиш учун йиғим тўловини PAYME тизими орқали амалга ошириш мумкин

Ustav kapitali 500 mln. so'mdan ortiq bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjasida majburiy listingga olish tartibi to'g'risidagi Nizom (№1801, 2008-yil 1-may holatiga ko'ra) o`zkuchiniyo`qotgandebtopildi.


Yuqorida keltirilgan Nizomning 6-bandiga muvofiq, fond birjasida listingga qo`yish taomilidan:

  • ustav kapitali 500 mln. so'mdan ortiq bo`lgan;
  • 500 yoki undan ko'p aksiyadorlarga ega bo`lgan;
  • moliyaviy-iqtisodiy faoliyat ko'rsatkichlari listingga qo`yish talablariga muvofiq keladigan aksiyadorlik jamiyatlari majburiy o`tardilar.

2018-yil 6-sentyabrda Adliya vazirligi Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Davlat Raqobat qo'mitasining 2018-yil 7-avgustdagi “Ustav kapitali 500 mln. so'mdan ortiq bo`lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga olish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror, shuningdek unga o'zgartirishlarni o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida"gi qarorini ro`yxatdan o`tkazdi.

Hozirgi vaqtda "Toshkent" RFB ning birja kotirovkalari listida 173 ta aksiyadorlik jamiyati shaklidagi emitentning aksiyalari va korporativ obligatsiyalari mavjud. Shu bilan birga, eng yuqori listing toifasi - "A"da 25 ta AJ (18 tasi banklar), xususiylashtirilayotgan AJ larning maxsus listing toifasi – “P”da 17 AJjoylashtirilgan.

Скачать совместное постановление Центра и Госкомконкуренции от 07.08.2018г. (рег. МЮ №1801-3 от 06.09.2018г.)

Eslatibo'tamiz, "Birjalarvabirjafaoliyatito'g'risida" giO'zbekistonRespublikasi Qonunining 15-moddasigako’ra, (12.09.2014 yilda №O’RQ-375 o'zgartish kiritilgan) qimmatliqog'ozlarnibirjasavdolariga (birjalistingiga) kiritishquyidagitartiblarnio'zichigaoladi:

  • Qimmatli qog'ozlar emitentning o`z qimmatli qog'ozlarini birjaning kotirovkalash varag`iga kiritish to`g`risidagi arizasini ko'rib chiqish;
  • Qimmatli qog'ozlar emitentining moliyaviy holatini baholash;
  • Qimmatli qog'ozlarning likvidliligini baholash;
  • Qimmatli qog'ozlarni birjaning kotirovkalash varag`iga kiritish va uni birja a'zolariga yetkazish.

Birjaning kotirovkalash varag`iga kiritilgan tovar birja savdolariga qo`yilgan hisoblanadi.

Qonunning 17-moddasida, birja savdolari yakunlariga ko`ra olingan qimmatli qog`ozlarning, davlat qimmatli qog`ozlari bundan mustasno, birja narxi mazkur qimmatli qog`ozlarning birja savdolari sanasidagi bozor narxidir.

Bundan tashqari, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonunning 24-moddasiga binoan, agar qimmatli qog'ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag`iga kiritilsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog'ozlarning bozor qiymati deb e`tirof etiladi.

YANGILIKLAR TAQVIMI

Oktabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech