Welcome to uz   Click to listen highlighted text! Welcome to uz Powered By GSpeech
Yangiliklar
  eye                                

Хурматли, акция эгалари! Йиллик акциядорлари умумий йиғилишларининг мавсуми якунланганлиги боис, ҳисобланган дивидендларни олиш учун акцияларингизни номинал сақловчиларига банк маълумотларингизни беришингиз сўралади - Корпоратив ахборот ягона портали ишлаши юзасидан маълумотни (99871) 267-29-65 телефон рақами орқали олишингиз мумкин - Диққат! Энди Қимматли қоғозлар марказида аттестациядан ўтиш учун йиғим тўловини PAYME тизими орқали амалга ошириш мумкин

Joriy yilning 1 avgustida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni imzolangan bo'lib, unda mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

ustavnik 400 mln

Mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish, investorlarning ushbu yo'nalishda davlat siyosatining izchilligini ta'minlashga bo'lgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlash bo'yicha davlat organlarining mas'uliyatini oshirish maqsadida, ushbu qarorda davlat organlariga bir qator to'g'ridan-to'g'ri vazifalar va topshiriqlar berildi.

Xususan, 2018 yil 1-avgustdan boshlab insofli faoliyat yuritgan investor va tadbirkorlik sub'ektiga davlat organi tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma`muriy hujjatlarning qonuniy kuchiga ishonishi oqibatida kelib chiqqan mulkiy zararning o`rni qoplanadi agarda mazkur hujjat keyinchalik haqiqiy emas deb topilgan yoki bekor qilingan bo`lsa.

Farmon bilan quyidagi takliflar ma'qullandi:

  • chet ellik investorning xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ustav fondidagi ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish;
  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to`g`risidagi talabni bekor qilish;
  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 mln. so'mdan 400 mln. so'mgacha kamaytirish;
  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga qisqartirish;
  • aktsiyadorlik jamiyatining ustav fonidining eng kam miqdorini 400 mln. so'm miqdorida belgilash (avvalgi miqdor 1,6 mlrd. so'mni tashkil etgan);
  • meva-sabzavot mahsulotlariga eksport shartnomalarini “O`zagroeksport”AJ tomonidan e`lon qilingan narxlardan past bo'lmagan narxlar bo`yicha tuzish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport kontraktini tuzmasdan, “O`zagroeksport” AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo`lmagan narxlar bo`yicha invoys asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazish tartibini bekor qilish;

           Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturining 23-bandida xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish va aktsiyadorlik jamiyatlariga xususiy kapitalni jalb qilish to'g'risidagi hukumat qarori qabul qilinishini nazarda tutuvchi:

  • birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) aksiyalar taklifini jamoatchilikka, shu jumladan 2018-2019-yillarda kamida 5 loyihani birinchi navbatda qurilish va moliya sohasida amalga oshirish;
  • Savdolar tashkilotchisi ("Toshkent" RFB va "Elsis-savdo" AJ) sotuvchi bilan kelishmasdan davlat mulkining bahosini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmini mustaqil ravishda qo'llash tartibini o`rnatish.

Bundan tashqari, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturining 17-bandida milliy buxgalteriya standartlarini (NAS) xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) bilan muvofiqlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilishi nazarda tutilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2018 yildagi №PF-5495 Farmoni bilan Qonun hujjatlari Milliy ma'lumotlar bazasida mavjud.


YANGILIKLAR TAQVIMI

Oktabr 2018
D S Ch P J Sh Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
  • 
O'zbekiston Davlat Portal
  • O'zbekiston Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida
  • International Organization of Securities Commissions
  • Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  • 
RFB Toshkent style=
  • Davlat Raqobat qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
  • 
Milliy qonunchilik bazasi
  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  • strateg
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech